Test: Pluton o‘zi qayerda?
Test: Pluton o‘zi qayerda?
20-yanvar kuni olimlar Quyosh tizimida to‘qqizinchi sayyora borligini tasdiqlovchi yangi dalillarni qo‘lga kiritganliklarini e’lon qildi. Bu sayyorani hali hech kim ko‘rgan emas, yaqin besh yil ichida uni teleskop orqali tomosha qilishga umid qilishmoqda, deb yozadi Meduza. 31-yanvar kuni esa O‘zbekiston aholisi besh sayyora paradini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan, “Daryo” Quyosh tizimidagi sayyoralar bilan bog‘liq bilimlaringizni sinab ko‘rishga taklif etadi.

Oddiy savoldan boshlaymiz. Yer hisob bo‘yicha nechanchi sayyora?
Yaxshi, qaysi sayyora Yerdan ko‘ra Quyoshga yaqinroq?
Quyoshdan uzoqlashamiz. Qaysi sayyora yetishmayapti?
Olimlar bor deb taxmin qilayotgan “X sayyora” Yerdan 10 barobar og‘ir ekan. Yerning og‘irligi qancha, bilasizmi?
Yo‘g‘e, shunchalik og‘irmi? Qaysi biri og‘irroq — Merkuriy, Venera, Yer va Mars?
Agar koinotga oid yangiliklarni kuzatib borgan bo‘lsangiz, New Horizons zondi Pluton va uning yo‘ldoshi Xaronni suratga olgani borgani haqida bilsangiz kerak. Plutonning qanday yo‘ldoshi yo‘q?
Plutonning o‘zi qayerda?
Quyosh tizimi haqidagi testda Quyoshning o‘zi haqida savol bo‘lmasligi mumkinmi axir? Quyosh qaysi sinfga mansub?